Trampning impichment to‘g‘risidagi qarori Senatga topshirildi

Olam

image

Kecha, 25 yanvar kuni kechqurun AQSH Kongressining quyi palatasi vakillari Senatga sobiq Prezident Donald Trampga impichment e’lon qilish to‘g‘risidagi qarorni topshirdi. 

Vaziyatning misli ko‘rilmagan jihati shundaki, Tramp ikki marta impichment e’lon qilingan AQSH tarixidagi birinchi Prezident bo‘ldi.

Qayd etilishicha, impichment jarayoni joriy yilning 8 fevralidan keyin boshlanadi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, agar Tramp prezidentlik lavozimida bo‘lganida, unda impichment masalasini ko‘rib chiquvchi rais AQSH Oliy sudining rahbari Jon Roberts bo‘lar edi. Aynan u Trampning birinchi impichmenti doirasida sud raisi bo‘lgan, natijada respublikachi oqlangan. 

Biroq, Trampning prezidentlik muddati 20 yanvarda tugaganligi hisobga olinsa, sud raisi roli AQSH tarixida birinchi marta qonun chiqaruvchiga yuklangan.

Ta’kidlanishicha, Trampning ikkinchi impichment jarayonini Senatning vaqtinchalik rahbari Patrik Lixi ko‘rib chiqadi. Lixi egallab turgan lavozim Kongress yuqori palatasidagi AQSH vitse-prezidentidan keyingi ikkinchi muhim lavozim hisoblanadi. 

AQSHda 2020 yil 3 noyabr kuni prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Prezidentlikka asosiy da’vogarlar – demokrat Jo Bayden va respublikachi Donald Tramp edi. Ommaviy ovoz berish va saylovchilarning ovoz berish natijalariga ko‘ra, Bayden g‘alaba qozondi, ammo Tramp saylov natijalarini tan olmadi va sudlarga da’vo qildi.

6 yanvar kuni Trampning tarafdorlari mamlakat poytaxti Vashingtondagi Kapitoliy oldida namoyish uyushtirib, Kongress binosiga bostirib kirdi. Kapitoliyga hujum fonida Trampga ikkinchi impichment e’lon qilindi. Shundan so‘ng, bir qator messenjerlar ham Trampning akkauntlarini blokladi.

O‘sha kuni bu voqealardan avvalroq Tramp Vashingtonda tarafdorlari bilan uchrashib, unda to‘planganlarni Kapitoliyga kelib, qonun chiqaruvchilarga “o‘g‘irlangan saylovlar” bo‘yicha o‘z noroziliklarini bildirishga chaqirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp impichment

Baholaganlar

24

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing