Trampning AQSH Kinoaktyorlar gildiyasidan ketgani sababi aytildi 

Olam

image

Avvalroq, AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp Amerika Kinoaktyorlar gildiyasiga tashkilotdan ketishini ma’lum qilgani haqida xabar bergandik. 

Aktrisa Gabriyel Karteris Donald Tramp Artistlar uyushmasi jazosidan qochish uchun Amerika Kinoaktyorlar gildiyasidan ketganini e’lon qildi. Bu haqda TMZ nashri xabar bermoqda. 

Tashkilot Prezidenti bo‘lgan aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, Tramp baribir jazolanishi mumkin. 

Aktrisa sobiq davlat rahbari unga yo‘llagan maktubni ham ko‘rsatgan. Nashrning yozishicha, unda mayda haqoratlar, Trampga nisbatan adolatsiz munosabatda bo‘lingani haqidagi da’vo bo‘lgan. 

Karterisning ta’kidlashicha, Tramp intizomiy jazoga tortilishidan va ehtimol uyushmadan chiqarib yuborilishidan bir kun oldin gildiyani tark etgan. 

Uning fikriga ko‘ra, Oq Uyning sobiq rahbari shunchaki bu jarayondan o‘tishni xohlamagan. 

Shuningdek, aktrisaning ta’kidlashicha, uyushma Trampni gildiyaga qaytishini oldini olish uchun hamisha shunday yo‘l tutishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp

Baholaganlar

58

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing