Trampning 280 million dollarlik qarzi kechib yuborildi

Olam

image

Sobiq kreditorlar AQSH Prezidenti Donald Trampning 2010-2012 yillardagi 280 million dollarlik qarzini kechib yuborishdi. Bu haqda “The New York Times” nashri yozmoqda.

Qarzning katta qismi Chikagodagi Trump International Hotel and Tower mehmonxonasi va minorasi qurilishi bilan bog‘liq. Gazetaning yozishicha, kompaniya ushbu loyihani amalga oshirish uchun yuz million dollarlik kredit olgan. Biroq 2008 yilgi inqiroz qarzni qaytarish muddatini uzaytirishni talab qildi. Keyinchalik kreditorlar 300 million dollarni hisobdan chiqarishga rozi bo‘lishdi. Trampning 2008 yil uchun 100 million dollar, 2010 yildagi esa 180 million dollarlik qarzi kechib yuborildi.

Joriy yilning sentyabr oyida Tramp so‘nggi o‘n yil ichida federal daromad solig‘ini to‘lamaganligi haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. U 2016 yilda Prezident bo‘lganida, faqat 750 dollar daromad solig‘i to‘lagan. Tramp daromadidan ko‘proq narsani yo‘qotayotgani haqida gapirgan edi.

Joriy yilning oktyabr oyida Xitoy AQSH rahbarining bank hisob raqamiga ega bo‘lgan uchta mamlakatdan biri ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu ma’lumotni “The New York Times” gazetasi jurnalistlari Prezidentning soliq qog‘ozlaridan aniqlashgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp

Baholaganlar

235

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing