Trampni o‘zinikilar sotdi: Senatda sobiq Prezidentning sudi boshlandi

Olam

image

AQSH Kongressi Senati kecha, 9 fevral kuni mamlakatning sobiq Prezidenti Donald Trampga nisbatan impichmentni ko‘rib chiqishni boshladi. Senatorlar jarayon Amerika Konstitutsiyasiga zid emas, deb ovoz berdi. Endilikda uni davom ettirish mumkin. Bu haqda “The Washington Post” xabar tarqatdi.

56 senator impichment jarayoni Konstitutsiyaga zid emas deb, 44 nafari qarshi ovoz bergan. Respublikachilar partiyasining ko‘plab a’zolari Trampni qo‘llab-quvvatladi, ammo 6 nafari qarshi chiqdi. Ularning orasida 2012 yilda prezident saylovlarida Barak Obamaga raqiblik qilgan Yuta shtatidan bo‘lgan senator Mit Romni ham bor.

Impichment bo‘yicha rezolyutsiya Senatga joriy yilning yanvar oyida berilgandi. Bungacha jarayonni boshlash Vakillar palatasida ma’qullangan. Bunga sobiq davlat rahbari tarafdorlarining parlament binosiga hujumi sabab bo‘ldi. Tramp isyonchilarni qo‘zg‘atishda ayblanmoqda.

Donald Trampni aybdor deb topish uchun 100 a’zosi bo‘lgan Senatda uchdan ikki qism senatorlar ovozi kerak. Agar bu sodir bo‘lsa, Tramp qaytadan Prezident bo‘lolmasligi mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, 6 yanvar kuni Trampning tarafdorlari mamlakat poytaxti Vashingtondagi Kapitoliy oldida namoyish uyushtirib, Kongress binosiga bostirib kirdi. Kapitoliyga hujum fonida Trampga ikkinchi impichment e’lon qilindi. Shundan so‘ng, bir qator messenjerlar ham Trampning akkauntlarini blokladi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp

Baholaganlar

308

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing