Trampni otgan odamning shaxsi ochiqlandi (video)

Olam

image

Kecha, 13 iyul kuni AQSH prezidentligiga nomzod Donald Trampga Pensilvaniyadagi tarafdorlari bilan uchrashuv vaqtida noma’lum shaxs tomonidan o‘q uzilib, suiqasd uyushtirilgandi. Trampni otgan odamning shaxsi ochiqlandi. Bu haqda “The Washington Post” xabar berdi.

Mamlakat Federal qidiruv byurosi Oq uyning sobiq rahbariga uyushtirilgan suiqasdni Pensilvaniya shtati, Betel-Park shaharchasida yashovchi 20 yoshli Tomas Metyu Kruks uyushtirganini tasdiqladi. Marhum Kruks shtatning Batler shahrida Donald Tramp ishtirokidagi mitingda unga qarata o‘q uzgan. U miting joyidan taxminan 100 metr masofadagi qo‘shni bino tomidan turib, otish uchun AR-15 rusumli yarimavtomat miltiqdan foydalangan.

Suiqasddan oldin olgan videosida Kruks Respublikachilar va Trampdan qattiq nafratlanishini, shuning uchun odamlardan nima qilmoqchiligini taxmin qilishni so‘ragan.

Trampning saylovoldi kampaniyasi vakillariga ko‘ra, sobiq prezident yaxshi ahvolda.

AQSH sobiq prezidentiga suiqasd uyushtirishda gumonlanuvchi Maxfiy xizmat xodimlari tomonidan otib o‘ldirilgan.


Berilgan ma’lumotga ko‘ra, u oldin jinoiy javobgarlikka tortilmagan. Shunday bo‘lsa ham Kruksning ishi chuqur o‘rganilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp suiqasd Tomas Met'yu Kruks

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing