Trampga suiqasdda Eronning qo‘li bormi?
Olam
−
10:14 3623 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Oq uy muxbirlari assotsiatsiyasining kechki tadbirida yuz bergan otishma hodisasi Eron bilan bog‘liq bo‘lishi ehtimolini shubha ostiga oldi. Bu haqda Tramp Vashingtondagi otishma hodisasidan so‘ng Oq uydagi brifing chog‘ida aytib o‘tdi.
U Oq uyda o‘tkazilgan matbuot anjumanida “bu voqea bilan Eron inqirozi o‘rtasida bog‘liqlik yo‘q deb o‘ylayman” deya ta’kidlagan. Shu bilan birga, Prezident bu hodisa uning siyosiy pozitsiyasiga ta’sir qilmasligini bildirib, “bu meni to‘xtatmaydi va Eronga nisbatan g‘alabaga erishish yo‘limga xalal bermaydi” degan.
Trampning fikricha, hujumchi katta ehtimol bilan yolg‘iz harakat qilgan.
AQSH OAVlari esa tergovga yaqin manbalarga tayanib, gumonlanuvchi 31 yoshli Koul Tomas Allen ekanini yozmoqda. U Kaliforniya shtatida yashagan va hozirda qo‘lga olinib, so‘roq qilinmoqda. Unga rasmiy ayblovlar e’lon qilinishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, qurolli hodisa Vashingtondagi mehmonxonada Oq uy muxbirlari uchun tashkil etilgan tadbir vaqtida yuz bergan. Tadbirda Tramp, uning turmush o‘rtog‘i va AQSH ma’muriyatining boshqa a’zolari ham ishtirok etgan.
Hujumchi qo‘lga olingan, hodisa vaqtida AQSH Maxfiy xizmati xodimlaridan biri yaralangan. Prezidentning aytishicha, uning hayotini bronjilet saqlab qolgan.
Live
Barchasi