Trampga qarshi da’volar uchun alohida jamg‘arma tashkil etiladi

Olam

image

Donald Tramp va uning jamoasiga qarshi o‘tkazilayotgan sud jarayonlari va tergovlarda AQSHning sobiq prezidentini qo‘llab quvvatlayotgan shaxslarning huquqiy xarajatlarini qoplash uchun “Huquqiy mudofaa fondi” tashkil etiladi. Bu haqda CNN xabar berdi

Ushbu jamg‘arma Trampni qo‘llab-quvvatlovchi “Super PAC” (siyosiy harakatlar qo‘mitasi) guruhlari tomonidan tashkil etilishi rejalashtirilgan. U “Vatanparvarlik huquqiy mudofaa fondi” deb nomlanadi hamda Trampning saylovoldi kampaniyalarida muhim rol o‘ynagan Maykl Glassner tomonidan nazorat qilinishi kutilmoqda. Boshqa tafsilotlar hozircha oshkor etilmagan.

Fond Trampning shaxsiy sud xarajatlarini emas, bu ishlarda ishtirok etgan sobiq prezidentga yaqin sudlanuvchilar va guvohlarning xarajatlarini qoplab beradi.

"Jo Bayden tarafdorlarining bu dahshatli harakatlariga qarshi kurashish va begunoh odamlarni moliyaviy halokatdan himoya qilish, shuningdek, ularning hayoti butunlay ostin-ustun bo‘lib ketishining oldini olish maqsadida yangi huquqiy mudofaa jamg‘armasi ularga to‘lovlarni to‘lashga yordam beradi”, dedi Trampning voizi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Trampni qo‘llab-quvvatlovchi “Super PAC” guruhlari birgina 2023 yilning birinchi yarmida sobiq prezident va uning tarafdorlarini qo‘llab-quvvatlash uchun sud xarajatlariga 40 million AQSH dollaridan ko‘proq mablag‘ sarflagan.

Ma’lumot uchun, 2020 yilgi saylov natijalarini bekor qilishga uringanligi haqidagi da’volar bo‘yicha maxsus vakolatli ekspert etib tayinlangan sobiq bosh prokuror Jek Smit 9 iyun kuni ayblov xulosasi e’lon qilgan. Unga ko‘ra, prokuror Trampni Oq uyga havola qilgan. Uni AQSHdagi lavozimini tark etganida o‘zi bilan maxfiy hujjatlarni olganlikda va bu boradagi federal tergovga to‘sqinlik qilganlikda ayblagan.

Ayblov xulosasidan keyin Tramp 13 iyun kuni Mayamida sudya huzuriga chiqdi va o‘ziga qo‘yilgan 37 ta ayblovni rad etdi. Bu voqea sabab u “federal tergov doirasida ikkinchi marta sudga kelgan birinchi sobiq prezident” sifatida tarixga kirdi. Sababi Tramp 2016 yilgi prezidentlik saylovlarida bir ayolga tilini tiyishi uchun pul to‘laganlikda ayblanib, 4 aprel kuni ham Nyu-Yorkda sudga chaqirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

sud Tramp Fond Super PAC

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing