Trampdan Maskni ishdan bo‘shatish talab qilinmoqda

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Trampdan 70 dan ortiq demokrat kongressmen Ilon Maskni 30 maygacha ishdan bo‘shatishni talab qildi. Bu haqda “Axios” xabar berdi.

Kongressning Vakillar palatasidagi demokratlar guruhi tadbirkor Ilon Maskni Oq uy ma’muriyatidagi lavozimidan ketkazishga qaratilgan muvofiqlashtirilgan kampaniyani boshladi. Ular Mask davlat boshqaruvi samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari sifatida qonun talablariga zid ravishda faoliyat yuritayotganini ta’kidlamoqda.

Demokratlar ishora qilayotgan qonunga ko‘ra, “maxsus davlat xizmatchisi” maqomidagi shaxs bu lavozimda bir yilda 130 kundan ortiq ishlay olmaydi va aynan shunday maqom Ilon Maskka tegishli.

“Biz sizning ma’muriyatingizdan Mask 30 maygacha lavozimidan ketishini va qaror qabul qilish vakolatlaridan voz kechishini ochiq ravishda e’lon qilishingizni talab qilamiz”, deyiladi 77 nafar kongressmen imzolagan murojaatda.

Ular, shuningdek, Mask bir yil davomida maxsus davlat xizmatchisi sifatida lavozimga qaytmasligi kerakligini, agar qaytmoqchi bo‘lsa, u holda o‘z kompaniyalari – Tesla va SpaceX'dagi ishtirokidan butunlay voz kechishi lozimligini ta’kidlagan.

“Biz Respublikachilar partiyasiga nisbatan bosim 30 mayga qadar faqat kuchayib borishini aniq tushuntirdik”, dedi Texasdan saylangan demokrat Gregori Kazar.

Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganidan keyin Ilon Maskni davlat boshqaruvi samaradorligi departamenti rahbari etib tayinlagan edi. Bungacha ham AQSHning ko‘plab shtatlarida Donald Tramp, uning siyosati, xususan, import bojlarining joriy etilishi va Ilon Maskning ma’muriyatdagi ishtirokiga qarshi keng noroziliklar bo‘lib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Ilon Mask DOGE

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing