Trampdan boj, Putindan chegirma. Hindiston Rossiya neftini xarid qilishda davom etadi

Olam

image

Rossiya Hindistonga neft sotib olayotgani uchun 5 foizlik chegirma joriy qiladi. Bu haqda Rossiyaning Hindistondagi elchixonasiga tayanib, “The Times of India” xabar berdi.

Elchixonaning bildirishicha, Hindiston Rossiyadan taxminan 5 foizlik chegirma bilan neft olib kelishni boshlab yuborgan. Bu chegirma AQSHning Rossiya bilan savdo qilgani uchun jazolash maqsadida hind mahsulotlariga 25 foiz boj solishi mumkinligi fonida berilmoqda.

Rossiya elchixonasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, Hindiston Rossiyaning neft xomashyosini chegirma bilan olyapti, chunki amalda boshqa alternativ yetkazib beruvchilar mavjud emas. 

“Rossiya neftiga Hindiston uchun chegirma taxminan 5 foizni tashkil qiladi. Hindiston tushunadiki, yetkazib berishlarni o‘zgartirish imkoniyati yo‘q, foyda esa juda yuqori”, deyiladi xabarda. 

Rossiyaing Nyu-Dehlidagi elchixonasi vakili Roman Babushkin AQSHning bosimlarini “bir tomonlama yondashuv” deb atagan. 

“Agar hind mahsulotlari AQSH bozoriga kirishda muammolarga duch kelsa, Rossiya bozori Hindiston eksportini mamnuniyat bilan qabul qiladi”, degan elchixona vakili. 

Qayd etish joiz, 6 avgust kuni Vashington ko‘p marotaba ogohlantirishlardan so‘ng Hindistonga qarshi boj choralarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, avgust oxiridan boshlab hind mahsulotlariga qo‘shimcha 25 foizlik tarif joriy etiladi. Oqibatda umumiy boj stavkalari 50 foizga yetadi.

Hindiston bunday choralarni adolatsiz deb hisoblab, g‘arb mamlakatlari o‘zlari ham Rossiyadan ayrim mahsulotlarni sotib olishda davom etayotganini eslatib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya neft' Hindiston N'yu-Dehli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing