Kurs UZS

USD

12 925.20

-11.96

EUR

13 982.48

45.28

RUB

152.58

-1.97

Tramp zilziladan zarar ko‘rgan Myanmaga yordam bermoqchi

Olam

image

Oq uy ma’muriyati allaqachon Myanma rasmiylari bilan aloqa o‘rnatgan va zilzila munosabati bilan mamlakatga yordam berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kecha, 28 mart kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi.

“Biz yordam bermoqchimiz... Bo‘lib o‘tgan voqea dahshatli. Biz allaqachon mamlakat bilan gaplashdik”, degan Amerika rahbari.

Qayd etilishicha, ayni paytda Qo‘shma Shtatlar allaqachon Tailand va Myanmaga favqulodda yordam ko‘rsatish uchun jamoalar yubormoqda.

28 mart kuni ertalab Myanma hududida 7,4 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Myanmadagi zilzila oqibatida Iravadi daryosi ustidagi ko‘prik qulab tushdi, Mandalay tarixiy saroyi qisman vayron bo‘ldi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Myanmadagi zilzila oqibatida 1000 dan ortiq kishi halok bo‘lgan.

Silkinishlar Xitoy, Tailand va Vetnamda sezilgan. Bangkokda qurilayotgan bino qulab tushgan, 10 kishi halok bo‘lgani va kamida 50 kishi jarohatlangani ma’lum. Tailand hukumati mamlakat poytaxtida favqulodda holat rejimini e’lon qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp zilzila M'yanma

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing