Tramp Janubiy Koreya bilan harbiy mashg‘ulotlarni qisqartirishni buyurdi
Olam
−
08:28 757 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Pentagonga Janubiy Koreya bilan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni “sezilarli darajada qisqartirish”ni buyurdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Tramp qisqartirishga mashg‘ulotlar qimmatga tushishi va Seulning Eronga qarshi harakatlarda ishtirok etishdan bosh tortganini sabab qilib ko‘rsatgan.
Nashrga ko‘ra, 17–27 avgust kunlariga rejalashtirilgan Ulchi Freedom Shield mashg‘ulotlarida Janubiy Koreyaning 18 mingga yaqin harbiy xizmatchisi ishtirok etishi kerak edi, ammo Janubiy Koreya Qo‘shma shtab boshliqlari mashg‘ulotlar bugun, 17 avgust kuni rejalashtirilganidek boshlanganini ma’lum qilgan.
Tramp, shuningdek, Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In bilan “juda yaxshi munosabatlar”i borligini ta’kidlagan.
Tramp birinchi prezidentlik davridan beri AQSH va Janubiy Koreya harbiy mashg‘ulotlarini “provokatsion” va qimmat deb hisoblab, ularni qisqartirishga intilib keladi. Tahlilchilar uning so‘nggi qarori Pxenyan bilan diplomatik muloqot uchun imkoniyat yaratishga qaratilgan bo‘lishi mumkinligini aytgan, biroq Shimoliy Koreya AQSH–Janubiy Koreya mashg‘ulotlarini muntazam ravishda bosqinga tayyorgarlik deb baholaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvaloq Shimoliy Koreya AQSH va Janubiy Koreyaning yirik qo‘shma harbiy mashg‘ulotlari boshlanishiga bir necha kun qolganida Koreya yarimorolining sharqiy sohili yaqinidagi dengiz tomon ballistik raketa uchirgandi.
Live
BarchasiRodri “Barselona”ga o‘tdi – Romano
16 avgust