Tramp jabrlanganlarga ajratilgan 100 mln dollar yo‘qolganini e’lon qildi
Olam
−
28 iyul 4294 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Los-Anjelesdagi yong‘inlardan jabrlanganlarga yordam sifatida ajratilgan 100 million dollar yo‘qolganini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qildi.
“To‘liq falokat. Aftidan, bu navbatdagi demokratlar ilhomlantirgan firibgarlik. 100 million dollar yo‘qolgan. Bu mablag‘lar Los-Anjelesdagi yong‘inlardan jabrlanganlarga yordam uchun ajratilgandi. To‘g‘ri boshqaruv bo‘lganida bu yong‘inlar bo‘lmasdi”, deb yozdi Tramp.
Shuningdek, u Kaliforniya gubernatori milliardlab gallon suvni chiqarishga rozi bo‘lmaganini, biroq Tramp uning qarorini bekor qilganini qo‘shimcha qilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil boshida AQSH sobiq prezidenti Jo Bayden Kaliforniyada yirik tabiiy ofat holatini e’lon qilib, shtat va mahalliy kuchlar harakatiga qo‘shimcha tarzda federal yordam ko‘rsatishni buyurgan.
Kaliforniyada o‘rmon yong‘inlari 7 yanvarda boshlangan. O‘sha vaqtda 30 mingga yaqin odam evakuatsiya qilingan edi.
Live
Barchasi