Kurs UZS

USD

12 966.38

19.18

EUR

14 213.75

-8.75

RUB

150.23

-3.15

Tramp Zelenskiyning tinchlik bitimi haqidagi so‘zlarini “eng yomon bayonot” deb atadi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning tinchlik bitimiga hali “juda, juda uzoq” ekani borasidagi so‘zlari Ukraina rahbarining “eng yomon bayonoti” ekanini aytdi. Bu haqda Oq uy rahbari o‘zining Truth Social tarmog‘ida yozib qoldirdi.

“Bu Zelenskiy aytgan eng yomon bayonot va Amerika bunga uzoq vaqt chidab turmaydi! Men shuni aytmoqchimanki, bu odam Amerika tomonidan qo‘llab-quvvatlanar ekan, tinchlikni xohlamaydi. Yevropa esa Zelenskiy bilan uchrashuvda AQSHsiz bardosh bera olmasligini to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’kidladi. Bu, ehtimol, Rossiyaga qarshi kuch ko‘rsatish nuqtai nazaridan eng yaxshi bayonot emas. Ular nimani o‘ylayapti?”, deya yozgan Tramp.

Qo‘shma Shtatlar rahbari o‘z postiga “Associated Press” agentligiga Zelenskiyning gapidan iqtibos keltirilgan maqolani ilova qildi, unda Ukraina Prezidenti tinchlik kelishuviga hali uzoq yo‘l borligini aytadi, ammo AQSHning qo‘llab-quvvatlashi davom etishiga umid bildiradi.

“O‘ylaymanki, AQSH bilan munosabatlarimiz davom etadi, chunki bu tasodifiy munosabatlardan kattaroq narsa”, deya AP Zelenskiyning so‘zlarini keltirgan. 

Oq uydagi janjal

Dunyo siyosatchilari kimni qo‘llamoqda – Tramp yoki Zelenskiy? north_east

Dunyo siyosatchilari kimni qo‘llamoqda – Tramp yoki Zelenskiy?

Joriy yilning 28 fevral kuni Vladimir Zelenskiy va Donald Tramp Oq uyda uchrashdi. Ikki lider AQSH va Ukraina o‘rtasida foydali qazilmalar bo‘yicha kelishuv imzolashi kutilgan edi. Biroq uchrashuv qizg‘in ohangda bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Tramp Zelenskiyni bir necha bor noshukurlikda ayblagan.

Uchrashuvdan so‘ng, Zelenskiy Amerikaga ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi va “Ukrainaga adolatli va mustahkam tinchlik kerak va biz aynan shu maqsadda harakat qilyapmiz”, deb aytdi.

Ko‘plab yevropalik siyosatchilar, jumladan Emmanuel Makron Tramp bilan bo‘lgan janjaldan keyin Ukraina rahbarini qo‘llab-quvvatladi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Vladimir Zelenskiy tinchlik bitimi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing