Tramp yana bir jiddiy farmonni imzolaganini aytdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp kecha, 26 iyun kuni yana bir muhim qarorni imzoladi. Ushbu hujjat mamlakatdagi yodgorliklarni himoya qilish va ularga zarar yetkazganlarni jazolashga qaratilgan.

"Men Amerika yodgorliklarini, haykallarini himoya qilish va jinoiy zo‘ravonlikka qarshi kurashish bo‘yicha juda jiddiy farmonni imzolash sharafiga muyassar bo‘ldim", deb yozadi Tramp Twitter’dagi o‘z sahifasida.

Tramp ushbu farmon bilan mamlakatdagi qandaydir yodgorlik yoki haykalni "buzib tashlashga" harakat qilinsa ham, 10 yilgacha qamoq jazosi berilishini aytdi. Politsiya tomonidan afroamerikalik Jorj Floyd o‘ldirilganidan so‘ng, Qo‘shma Shtatlarning ko‘p qismlarida irqiy tengsizlik va politsiyaning zo‘ravonligiga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi.

Tartibni tiklash uchun AQSH Milliy gvardiyasi mahalliy huquqni muhofaza qilish organlariga qo‘shildi. 40 ga yaqin shaharda, jumladan, Vashington va Nyu-Yorkda komendantlik soatlari joriy etildi. Shundan so‘ng, namoyishchilar Amerikaning bir qator shaharlarida tarixiy shaxslarga o‘rnatilgan yodgorliklarini buzib tashlashni boshlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp

Baholaganlar

259

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing