Tramp Venesuelani “o‘ziniki” qilishini aytdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp mamlakati Venesuelani “ancha uzoq vaqt” nazorat qilishini aytdi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, Rubio Venesuelaning vaqtinchalik rahbari bilan doimiy aloqada. Bu haqda u kecha, 7 yanvar kuni “The New York Times” gazetasiga bergan intervyusida so‘z ochdi.

Qayd etilishicha, Qo‘shma Shtatlar Venesuelani uzoq yillar davomida boshqarishi va uning neft daromadlarini nazorat qilishi mumkin. Trampning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Venesuelani qancha vaqt nazorat qilishini “faqat vaqt ko‘rsatadi”. 

“Biz uni juda foydali tarzda qayta tiklaymiz. Biz neftdan foydalanamiz va neft olamiz. Biz neft narxlarini pasaytiramiz va Venesuelaga juda muhtoj bo‘lganda pul beramiz”, deydi u. 

Trampning qo‘shimcha qilishicha, AQSH Venesuelaning vaqtinchalik prezidenti Delsi Rodriges hukumati bilan juda yaxshi chiqishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Kolumbiya Prezidentini Oq uyga taklif qilgani haqida xabar berilgandi. Tramp AQSH blokadasi ostida Venesuelada qolib ketgan 50 million barrelgacha Venesuela neftini qayta ishlash va sotish rejasini e’lon qilgan. Shuningdek, Tramp Kolumbiya prezidenti bilan aloqalarni yaxshilagani haqida ham aytib o‘tgan. U ijtimoiy tarmoqlardagi postida mavqedoshi Petro bilan bo‘lib o‘tgan birinchi qo‘ng‘iroqni samimiy deb ta’riflagan. https://qalampir.uz/news/tramp-kolumbiya-prezidentini-ok-uyga-taklif-k-ildi-129866


Maqola muallifi

Teglar

Venesuela neft' Tramp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing