Tramp va Harris saylovga bir hafta qolganda muhim chiqishlar qildi
Olam
−
30 Oktabr
4843Bugun, 30 oktyabr kuni Vashington shahrida AQSH vitse-prezidenti va joriy yilning 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida Demokratik partiyadan ko‘rsatilgan nomzod Kamola Harris saylov jarayonlariga bir hafta qolganda nutq so‘zladi. Bu haqda BBS xabar berdi.
“Xayrli kech, Amerika! Bir hafta ichida siz hayotingizga, oilangiz hayotiga va biz sevadigan ushbu mamlakat kelajagiga bevosita ta’sir qiladigan qaror qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz”, dedi u nutqining boshida.
U oldindagi saylovlar – “shunchaki ikki partiya va ikki turlicha nomzodlar orasida tanlov qilishdan kattaroq narsa” ekanini ta’kidlagan.
Miting o‘tkaziladigan joy tasodifan tanlanmagan – u Oq uy yonida joylashgan va Ellips parki nomi bilan mashhur. U yerda, 2021 yil 6 yanvarda uning saylovdagi raqibi, respublikachi Donald Tramp o‘z tarafdorlari bilan suhbatlashgan va ularning ba’zilari Kapitoliyga bostirib kirgan.
Harrisning so‘zlariga ko‘ra, Tramp “taxminan to‘rt yil oldin aynan shu joyda turib, erkin va adolatli saylovda xalqning irodasini yo‘qotib qo‘yganini bilib, qurolli to‘dani Kapitoliyga yuborgan”.
U saylovdagi raqibini “beqaror, qasos va nafratga berilib ketgan hamda cheksiz hokimiyatga chanqoq odam” deb ta’riflagan.
Harrisning saylovoldi kampaniyasi taqdim etgan hisob-kitoblarga ko‘ra, mitingda 75 mingdan ortiq odam qatnashgan.
Ayni bir vaqtda Respublikachi partiyadan prezidentlikka nomzod – Donald Tramp saylov natijasini hal qiladigan muhim shtatlardan biri bo‘lgan Pensilvaniya shtatining Allentaun shahrida saylovoldi tashviqotini o‘tkazdi.
“Siz hozir to‘rt yil oldingidan yaxshiroq yashayapsizmi?”, deya o‘z chiqishini boshlagan sobiq prezident.
U o‘zining agar Oq uyga qaytadigan bo‘lsa, inflyatsiya hamda AQSHga migrantlar “bosqinini to‘xtatish” haqidagi va’dalarini takrorlagan.
“Kamola bizni sharmanda qildi. Keyingi seshanbada siz o‘rningizdan turishingiz va Kamolaga to‘yganingiz va ortiq bunga chidamoqchi emasligingizni aytishingiz kerak”, degan u.
Tramp keng ko‘lamli mitingini yakshanba kuni o‘tkazib bo‘lgandi – u Manxetten yuragidagi mashhur Medison-skver-gardenda chiqish qilgan, bu yerga uni qo‘llab-quvvatlash uchun milliarder Ilon Mask va boshqa mashhurlar kelgandi.
Miting mojarosiz kechmadi – tadbirda chiqish qilgan qiziqchi Toni Hinchkliff Puerto-Rikoni “suzuvchi chiqindi oroli” deb atadi va bu respublikachilar tomonidan ham, demokratlar tomonidan ham tanqidga uchradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Respublikachilar partiyasidan AQSH prezidentligiga nomzod Donald Tramp saylovda g‘alaba qozonsa, AQSH hukumati dollardan voz kechgan har qanday davlat tovarlariga nisbatan 100 foizlik boj joriy qilishini aytgandi.
LiveBarchasi