Tramp o‘zining sobiq raqibi hamda ruslar haqida yozdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp 2016 yilgi Prezidentlik poygasida raqib bo‘lgan sobiq davlat kotibi Hillari Klintonning bir qator amerikalik siyosatchilarni Rossiya bilan aloqada bo‘lganlikda ayblagan so‘nggi gaplariga izoh berdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

"Hillari Tulsi Gabbardni "Rossiyaning sevimlisi" va Yashil partiyadan AQSH Prezidentligiga nomzod Jill Shtaynni "rus agenti" deb atadi. Hamma eshitganidek, meni ham ruslarni sevgilisi dedi. Haqiqatan ham, men barcha insonlar singari rus xalqini yaxshi ko‘raman. Hillari aqldan ozgan!", dedi u 19 oktyabr oqshomida o‘zining Twitter`dagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Tulsi Gabbard 2020 yilgi Prezidentlik saylovlarida Demokratik partiya nomzodlaridan biri hisoblanadi.
 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Hillari Klinton

Baholaganlar

141

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing