Tramp o‘zini dunyodagi ikkinchi eng mashhur odam deb biladi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp mashhurligi bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turishini aytdi. U o‘zini Iso Masihdan keyingi eng mashhur odam deb biladi. Bu haqda Tramp Grinvillda o‘tkazilgan saylovoldi mitingi davomida aytib o‘tgan. 

"Bir paytlar menga kimdir dunyodagi eng taniqli odamligimni aytgandi. Men unday emasligini ma’lum qilgandim. Suhbatdoshlarim kim ko‘proq mashhur ekanligini so‘rashganda, men Iso Masih deya javob bergandim", deydi AQSH Prezidenti.

Ma’lumot uchun, koronavirusdan sog‘aygan Tramp hozirda deyarli har kuni turli shtatlarga tashrif buyurib, saylovoldi mitinglar o‘tkazmoqda. Chiqishlari davomida u an’anaviy ravishda raqibi, Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Jo Baydenni tanqid qiladi.

Eslatib o‘tamiz, AQSHda prezidentlik saylovlari joriy yilning 3 noyabriga belgilangan. Respublikachilar vakili Trampga demokratlardan - AQSHning sobiq vitse-prezidenti Jo Bayden raqiblik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

saylov miting tramp

Baholaganlar

938

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing