Tramp urushlarni deb uxlolmayotganini aytdi
Olam
−
10 may 3577 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiya-Ukraina mojarosini tugatish bo‘yicha sa’y-harakatlardan hafsalasi pir bo‘layotgani va u uchun uyquli tunlar kamayib ketganini aytdi. Bu haqda Oq uy rahbari Florida shtatidagi yetakchi homiylar bilan uchrashuvda so‘z ochdi.
Ma’lum qilinishicha, Tramp inqirozni hal qilish uchun kechalari uyqudan voz kechgan. Donorlardan birining savoliga javob berar ekan, Tramp Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralardagi qiyinchiliklar uning to‘liq nazoratga intilishi bilan bog‘liqligini ta’kidlagan. Shu bilan birga, AQSH Prezidenti G‘azo sektoridagi mojaroni hal qilishdagi qiyinchiliklarga ishora qilib, bu mintaqa ming yillardan beri urush holatida ekanini ta’kidlagan.
Ba’zi amerikalik amaldorlar Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarni yo‘lga qo‘ya olsagina o‘z missiyasini bajargan deb hisoblashini ta’kidlagan.
OAVning yozishicha, voqealarning keyingi rivoji Moskva va Kiyevga bog‘liq bo‘ladi, Qo‘shma Shtatlar esa boshqa ustuvor vazifalarga e’tibor qaratadi.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy 8 may kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqot qilgan edi. Ukraina rahbari Tramp bilan tinchlikka erishish uchun keyingi sa’y-harakatlar, jumladan, tashlanishi mumkin bo‘lgan aniq qadamlar zarurligini muhokama qilgan. Zelenskiyning fikricha, AQSH Rossiyani 30 kunlik sulhga rozi qilishi mumkin.
:
Live
Barchasi