Tramp urush xarajatlarini arab davlatlariga to‘latmoqchi (video)
Olam
−
31 mart 7690 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Eron bilan harbiy operatsiya xarajatlarini arab davlatlari qoplatishi mumkin. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt jurnalist bilan uchrashuvda so‘z ochdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp Eron bilan urushga sarflangan xarajatlarni arab davlatlaridan qoplab olishi mumkin.
“Menimcha, Prezident ularni bunga chaqirishdan juda manfaatdor bo‘lardi. Men bu masalada undan oldin nimadir deya olmayman. Ammo, albatta, bu uning xayolida bor g‘oya”, degan Oq uy matbuot kotibi.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyining oxirida AQSH va Isroil Eron hududiga qarshi harbiy operatsiya boshlagan. Zarbalar oqibatida mamlakatning oliy rahbari Ali Xomanaiy va yuqori darajadagi harbiy rahbarlar halok bo‘lgan.
Hujumlarga javoban Tehron Fors ko‘rfazi hududidagi AQSH harbiy ob’ektlariga keng ko‘lamli zarbalar bergan.
Shundan so‘ng olti davlat – Bahrayn, Kuvayt, Birlashgan Arab Amirliklari, Ummon, Qatar va Saudiya Arabistoni Eron zarbalariga javob qaytarish bilan tahdid qilgan.
BAA Prezidenti maslahatchisi Anvar Gargashga ko‘ra, Eron bo‘yicha tinchlik kelishuvi Islom Respublikasi tomonidan Fors ko‘rfazi davlatlariga yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya to‘lash majburiyatini ham o‘z ichiga olishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp Mayamida Saudiya Arabistoni ko‘magida tashkil etilgan Future Investment Initiative forumida mamlakat valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Al Saud haqida qo‘pol fikr bildirgandi. Trampning bildirishicha, Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon uni past baholagan va endi uning “orqasidan o‘pishga” majbur.
Live
Barchasi