Tramp uni saylovdan chetlatmoqchi bo‘lganlarni sudga berdi
Olam
−
03 yanvar
5051AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Men shtati davlat kotibi Shanna Bellouzning shtatdagi praymerizlarda ishtirok etishini taqiqlash qarori ustidan shikoyat qildi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Prezidentlikka nomzod Donald Tramp Kennebek okrugi Oliy sudiga shikoyat qilgan. Sud o‘z qarorini 20 kun ichida e’lon qilishi kutilmoqda.
Qayd etish joizki, Men shtati Davlat kotibi Shanna Bellouz o‘tgan yilning 28 dekabr kuni Trampga Men shtatidagi Respublikachilar partiyasining praymerizida qatnashishiga ruxsat berilmasligini ma’lum qilgan. U bu qarorni 2021 yil 6 yanvar kuni o‘sha paytda Oq uy rahbari bo‘lgan Tramp tarafdorlari Kongress binosiga bostirib kirgani bilan izohlagan.
Bungacha Kolorado Oliy sudi ham xuddi shunday qaror qabul qilgan. Ikki shtatdagi saylovlar bo‘yicha yakuniy qarorni AQSH Oliy sudi qabul qiladi.
LiveBarchasi