Tramp Ukrainani AQSH saylovlariga aralashishda aybladi
Olam
−
08:26 2526 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Ukrainani 2024 yildagi AQSH prezidentlik saylovlariga aralashishga uringanlikda aybladi. Bu haqda u Truth Social’da yozib qoldirdi.
Tramp AQSH maxsus xizmatlari Ukraina hukumati vakillarining yozishmalarini qo‘lga kiritgani haqidagi xabarni ulashgan. Bu yozishmalarda go‘yoki mablag‘larni Jo Baydenning qayta saylanish kampaniyasiga yo‘naltirish rejasi muhokama qilingan.
OAVga ko‘ra, 2022 yilda Ukraina rasmiylari yuzlab million dollarni Baydenning 2024 yilgi saylov kampaniyasiga yo‘naltirish masalasini muhokama qilgan. Aytilishicha, bu ma’lumotlar AQSH razvedkasi tomonidan oldinroq qo‘lga kiritilgan, biroq o‘sha paytda tekshirilmagan. Keyinchalik bu hujjatlar oshkor etilgan va ular bilan AQSH Milliy razvedka direktori Tulsi Gabbard tanishgan.
Shu bilan birga, Tramp 2024 yil 5 noyabr kuni o‘tkazilgan saylovlarda g‘alaba qozonib, AQSH tarixida XIX asrdan beri to‘rt yillik tanaffusdan keyin yana prezidentlikka qaytgan ilk siyosatchi bo‘ldi.
Demokratlar partiyasidan dastlab Jo Bayden nomzod sifatida ko‘rsatilishi kutilgan edi, biroq keyinchalik uning o‘rniga Kamala Harris ilgari surildi va u saylovda mag‘lub bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy bilan kelishuvga erishish Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan kelishishga nisbatan ancha qiyin ekanini bildirgandi.
Live
Barchasi