Tramp Ukrainaga qurol yuborishga va’da berdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp kecha, 7 iyul kuni kechqurun AQSH Ukrainaga ko‘proq, asosan mudofaa qurollarini yetkazib berishini aytdi. Bu haqda u Oq uyda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan kechki ovqat paytida ma’lum qildi.

“Biz buni qilishimiz kerak. Ular o‘zlarini himoya qila olishlari kerak. Ularga hozir juda qattiq zarba berilyapti”, dedi Amerika Prezidenti.

Tramp, shuningdek, 3 iyul kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan bo‘lib o‘tgan telefon suhbati natijalaridan norozi ekanini yana bir bor ta’kidladi.

“U oxirigacha borishni xohlaydi, shunchaki odamlarni o‘ldirishda davom etish yomon”, dedi AQSH Prezidenti.

Shundan so‘ng, Rossiya qo‘shinlari bir kechada Ukrainaga rekord miqdordagi raketa va dronlarni uchirdi – 550 ta.

“Vashington Trampning maxsus vakili Kit Kellogg va Ukraina Mudofaa vaziri Rustam Umarov o‘rtasidagi ikki uchrashuvdan so‘ng Kiyevga Amerika harbiy yordamining bir qismini yetkazib berishni qayta boshlashi mumkin”, deb yozdi “Politico” manbalariga tayanib.

Manbalarga ko‘ra, ularning birinchi uchrashuvi 10-11 iyul kunlari Rimda, ikkinchisi esa bir necha kundan keyin Kiyevda bo‘lib o‘tadigan Ukrainani qayta tiklash bo‘yicha xalqaro konferensiyada rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Tramp Ukraina Isroil Oq uy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing