Tramp Ukrainaga $40 mlrd berilayotganiga norozilik bildirdi

Olam

image

AQSHning sobiq Prezidenti Donald Tramp mamlakatning amaldagi hukumatini bolalarni ommaviy otishmalar takrorlanishidan himoya qilish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanishga chaqirib, mamlakat Ukrainaga ajratishga tayyorlanayotgan 40 milliard dollar miqdoridagi keng ko‘lamli yordamni eslatib o‘tdi.

“Bu pul masalasi emas, bu istak masalasi. Agar AQSHning Ukrainaga jo‘natadigan 40 milliardi bo‘lsa, biz bu yerda, vatanda farzandlarimizni himoya qilish uchun hamma narsani qilishga tayyor bo‘lishimiz kerak”, degan Tramp. 

Oq uyning sobiq rahbari Qo‘shma Shtatlar Iroq va Afg‘oniston uchun “milliardlab dollar” sarflagani, ammo buning  evaziga hech narsa olmaganini eslagan. 

“Dunyoning qolgan qismida davlatchilikni qurishdan oldin, biz o‘z mamlakatimizdagi maktablarni bolalarimiz uchun xavfsiz qilishimiz kerak, shunday emasmi?” degan Tramp. 

Qo‘shma Shtatlardagi ommaviy otishmalar holatlarini sharhlar ekan, sobiq Prezident “yovuzlikning mavjudligi qonunga bo‘ysunuvchi fuqarolarni qurolsizlantirish uchun sabab emas”ligiga ishonch bildirgan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 24 may kuni Texas shtatining Yuvalde shahridagi maktabda 18 yoshli yigit Salvador Ramos 19 nafar bola va ikki nafar katta odamni o‘ldirdi. 

 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

222

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing