Tramp Ukrainada tinchlik qachon o‘rnatilishini aytdi
Olam
−
28 fevral
10465AQSH Prezidenti Donald Tramp Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish “tez orada” to‘xtashi yoki tinchlik “hech qachon” o‘rnatilmasligini aytdi. Bu haqda u kecha, 27 fevral kuni Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer bilan uchrashuvda so‘z ochdi.
Amerika yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, “tinchlik sari olg‘a siljish” bugun, 28 fevral kuni u ukrainalik mavqedoshi Vladimir Zelenskiy bilan mineral resurslar bo‘yicha kelishuv imzolamoqchi bo‘lgan uchrashuvda davom etadi.
Jurnalistning Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga ishonish mumkinmi degan savoliga Tramp “ishon, lekin tekshir” degan maqol bilan javob berdi. Shu bilan birga, AQSH Prezidenti, o‘z so‘zlariga ko‘ra, Putin, agar u Kiyev bilan tinchlik shartnomasi tuzsa, uni buzadi va yana Ukrainaga bostirib kiradi, deb “o‘ylamaydi”.
Shuningdek, Trampdan Ukrainaga yevropalik “tinchlikparvar kuchlar”ning yuborilishi NATO shartnomasining 5-moddasini ishga solishi mumkinligidan qo‘rqadimi, deb so‘raldi. Ushbu modda alyansning bir a’zosi hujumga uchragan taqdirda, barcha a’zolar unga yordam berishini talab qiladi.
“Menimcha, bizda bunga hech qanday sabab bo‘lmaydi”, deb javob berdi Amerika rahbari.
Uning qo‘shimcha qilishicha, u ushbu moddada qayd etilgan NATOning jamoaviy mudofaa tamoyilini butunlay qo‘llab-quvvatlaydi.
Tramp Ukrainada potensial tinchlikparvarlik missiyasi tafsilotlarini muhokama qilishdan bosh tortdi va avvalo Moskva hamda Kiyev o‘rtasida tinchlik kelishuviga erishmoqchi ekanini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 27 fevral kuni Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer Tramp bilan Oq uydagi uchrashuvda Ukrainada tinchlikni saqlash uchun qo‘shin va samolyotlar yuborishga tayyorligini bildirgandi.
LiveBarchasi