Tramp uchinchi jahon urushi bo‘lishiga ishora qildi

Olam

image

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp yana bir bor uchinchi jahon urushi bo‘lishidan ogohlantirdi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida qisqacha izoh qoldirgan.

Keltirilishicha, kecha, 9 aprel kuni Donald Tramp o‘zining “Truth Social” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida “Uchinchi jahon urushi”, deb post qoldirgan. Boshqa hech qanday qo‘shimcha izoh va tafsilotlar keltirilmagan. U oldin ham shunga o‘xshash yangi urush xavfi haqida postlar qoldirgan edi.

Xususan, Tramp bir necha bor AQSH Prezidenti Jo Baydenni dunyoni “uchinchi jahon urushi yoqasiga” olib kelganlikda ayblab, agar u prezident bo‘lganida vaziyat boshqacha bo‘lishiga ko‘plab iddaolar qilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyi oxirida Donald Tramp AQSH hukumatidagi malakasiz mas’ullar tufayli Rossiya bilan yadroviy eskalatsiya xavfi ortganidan ogohlantirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Tramp uchinchi jahon urushi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing