Tramp uchinchi marta prezidentlikka nomzodini qo‘yadimi?

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp o‘zining uchinchi marta prezidentlik saylovlarida ishtirok etishi mumkinligi haqidagi savollarga munosabat bildirdi. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.

Qayd etilishicha, jurnalistlar Trampdan ayrim tarafdorlari uni yana prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rishni xohlashayotgani va hatto uni boshqa nomzod uchun vitse-prezident sifatida taklif qilish g‘oyasini bildirishgani haqida so‘rashgan.

“Buni xursandchilik bilan qilardim, chunki mening natijalarim tarixdagi eng yaxshi ko‘rsatkichlardan biridir”, deya savolga javob bergan Tramp.

Shu bilan birga, u 2028 yilda Respublika partiyasi safida kuchli raqobatchilar yetarli ekanini ta’kidlagan. Tramp ular orasida vitse-prezident Jey Di Vens va davlat kotibi Marko Rubioni alohida tilga olib, “Agar ular birlashsa, kim ularni to‘xtata oladi, bilmayman” degan. U uchinchi muddatga intilishi aholining qo‘llab-quvvatlay olmasligi mumkinligini tan olgan. 

“Texnik jihatdan bunga ruxsat berilishi mumkin, ammo odamlar buni ma’qullamaydi. Bu noto‘g‘ri bo‘lardi”, deya yakunlagan.

Ma’lumot uchun, Donald Tramp Respublikachilar partiyasi a’zosi, Qo‘shma Shtatlarning 47-prezidenti. Uning birinchi prezidentlik davri 2017 yildan 2021 yilgacha to‘g‘ri keladi.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning noyabr oyida AQSHda prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tgan edi. Unda Donald Tramp g‘alaba qozongandi. Shundan so‘ng, u joriy yilning yanvar oyida lavozimiga kirishgan. U bu lavozimda 2029 yilning yanvarigacha qoladi.

Mohichehra Qadamova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Tramp Marko Rubio

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing