Tramp uchinchi bor prezidentlikka nomzodini qo‘ymoqchi
Olam
−
10:25 1758 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp yana bir muddatga prezidentlikka saylanish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini ta’kidladi. Bu haqda u bugun, 28 fevral kuni Texas shtatining Korpus Kristi shahrida o‘tkazilgan uchrashuv chog‘ida, tarafdorlari oldida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.
Mitingda bir necha ming tarafdorlari oldida chiqish qilgan Tramp uchinchi muddat masalasiga to‘xtalib, konstitutsiyadagi cheklovlarga qaramay, bunday imkoniyat borligini ta’kidlagan.
“Balki biz yana bir muddatga saylanarmiz”, degan u yig‘ilganlarga murojaat qilar ekan.
Ma’lumki, 1951 yilda qabul qilingan AQSH Konstitutsiyasiga kiritilgan 22-tuzatishga ko‘ra, bir shaxs ikki martadan ortiq Prezident etib saylanishi mumkin emas. Ushbu tuzatish Franklin Ruzvelt to‘rt muddat Prezident bo‘lganidan so‘ng joriy etilgan bo‘lib, prezidentlik vakolatini ikki muddat bilan cheklaydi.
Ma’lumot uchun, Donald Tramp ilk bor 2017–2021 yillarda AQSH Prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan. U 2024 yil noyabr oyida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonib, ikkinchi muddatga qayta saylangan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp Pentagonga yordam berish uchun o‘zga sayyoraliklar haqidagi hukumat hujjatlarini ochishga buyruq bergandi.