Tramp Twitter'ni saylovlarga aralashish va so‘z erkinligini cheklashda aybladi
Olam
−
27 may 2020
3493AQSH Prezidenti Donald Tramp Twitterʼni mamlakatdagi prezidentlik saylovlariga aralashganlikda aybladi. U bunday tvitni mikroblog xizmati uning boshqa xabarlarida ular soxta ma’lumotlarga ega ekanligi haqida belgi qo‘yganidan so‘ng yozdi.
“Endi Twitter 2020 yilgi prezidentlik saylovlariga aralashmoqda. Ular mening pochta orqali ovoz berish katta korrupsiyaga va firibgarlikka olib keladi degan da’vomni noto‘g‘ri ekanligini aytishdi. Ular soxta xabarlar e’lon qiladigan CNN va “The Washington Post” kabi nashirlar tvitini tasdiqlashdi. Twitter so‘z erkinligini butunlay cheklamoqchi va men Prezident sifatida bunga yo‘l qo‘ymayman“, deb yozdi Tramp.
Trampning tvitlarini tekshirish uchun belgilar uning ikkita prezidentlik saylovi haqidagi tvitida paydo bo‘ldi. Ularda pochta orqali ovoz berish ommaviy firibgarlik, shu jumladan pochta qutilarini buzish, byulletenlarni qalbakilashtirish va saylovchilarda kimga ovoz berish kerakligi to‘g‘risida noqonuniy ko‘rsatmalar berilishi mumkinligi haqida yozilgan edi.
Ma’lumot uchun, Twitter qoldirilgan xabarlarni filtrlash tizimini yo‘lga qo‘ygan. Bunda, agar qaysidir tvit haqiqatdan uzoq bo‘lsa unga maxsus belgi qo‘yiladi.
Eslatib o‘tamiz, Tramp ijtimoiy tarmoqda uning o‘rniga kim postlar yozishi haqida ma’lum qilgan edi.
LiveBarchasi