Tramp Tim Kukka iPhone`lar bo‘yicha shikoyat qildi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp iPhone`ning so‘nggi modellarini tanqid qildi. U o‘zining Twitter`dagi sahifasida Apple rahbari Tim Kukka murojaat qoldirdi.

Qo‘shma Shtatlar Prezidenti iPhone`ning Home (uy) tugmasi bo‘lgan modifikatsiyalari anchayin qulay bo‘lganini ta’kidladi. “Timga: iPhone`dagi tugma svaypga qaraganda qulay edi”, degan Tramp.

O‘tgan yilning may oyida Oq uy xo‘jayini ikkita iPhone ishlatishi – biri qo‘ng‘iroq qilish va ikkinchisi yangiliklarni o‘qish hamda Twitter`da post qoldirish uchunligi ma’lum bo‘lgandi.

Apple Home tugmasi bo‘lmagan ilk smartfoni 2017 yilda namoyish qilingan iPhone X edi. Apparatni Face ID yuz skaneri orqali blokdan chiqarish mumkin. Ishlab chiqaruvchi iPhone 7, 7 Plus, 8 va 8 Plus modellarida avvalgi oddiy Home tugmasini sensorlisiga almashtirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp iPhone Tim Kuk

Baholaganlar

137

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing