Tramp TikTok’ni amerikaliklarga qaytarmoqchi
Olam
−
05 Sentabr
1762Amerikaning sobiq yetakchisi va Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp saylovda g‘alaba qozonsa, mamlakatda TikTok’ni taqiqlamaslikka va’da berdi. Bu haqda uning o‘zi Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.
“Men Amerikada TikTok’ni saqlab qolishni istaganlarga murojaat qilaman, men TikTok’da katta yulduzga aylandim. TikTok’ni yaxshi ko‘ring va uni qaytishini xohlasangiz Tramp uchun ovoz bering. Agar siz TikTok yoki (AQSH) xavfsizligi va farovonligi haqida qayg‘urmasangiz, unda siz mamlakatimizni yo‘q qiladigan marksistlarga ovoz berishingiz mumkin”, deydi Tramp.
Ma’lumotlarga ko‘ra, iyun oyining boshida Tramp TikTok’da ro‘yxatdan o‘tgan va bir kun o‘tmay 1 million obunachi to‘plagan. Hozirda bu raqamlar 10,8 million kishini tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida AQSH Prezidenti Jo Bayden mamlakatda TikTok’ni potensial taqiqlash tashabbusini o‘z ichiga olgan qonunlar to‘plamini tasdiqlagandi. U ByteDance’ga ijtimoiy tarmoqni sotish uchun bir yil muddat bergan, aks holda TikTok AQSHda taqiqlanishi mumkinligi ta’kidlangan. ByteDance esa bunga javoban bu qarorni bekor qilishni talab qilib, Amerika hukumatiga qarshi sudga murojaat qilgan.
LiveBarchasi