Tramp tanqidchilarni deportatsiya bilan qo‘rqitdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Kongressdagi murojaatidan so‘ng “Truth social” tarmog‘ida keskin bayonot berib, ayrim tanqidchilarini deportatsiya qilish kerakligini yozdi. U demokrat kongressmenlar Ilhan Umar va Rashida Tlaib, shuningdek, aktyor Robert DeNironi nishonga olgan. Bu haqda “Euronews” yozdi.  

Oskar sovrindori De Niro murojaat oldidan o‘tgan muqobil tadbirda va telekanal efirida Tramp “hokimiyatni hech qachon tark etmasligi mumkin” degan fikrni bildirib, amerikaliklar uni “chetlatishi shart”ligini aytgan. Bundan tashqari, mamlakatdagi siyosiy muhitni tanqid qilib, o‘zini “vatani tomonidan xiyonatga uchragandek” his qilayotganini ta’kidlagan.

Tramp esa javoban De Nironi haqoratli so‘zlar bilan atab, uning bayonotlari “jiddiy jinoyat” ekanini aytib, bir paytlar aktrisa RoziO’Donnell fuqaroligini bekor qilish bilan tahdid qilganini ham eslatgan. Bu ayol qayta saylovdan keyin Irlandiyaga ko‘chib o‘tgan. Manbaga ko‘ra, amerikaliklarning 61 foizi Tramp yoshi o‘tishi bilan “beqaror”lashgan deb hisoblaydi.

“The Washington Post”, ABC News, “Ipsos” tadqiqoti esa uning faoliyatini ma’qullovchilar ulushi 39 foiz atrofida ekanini ko‘rsatgan. Oq uy bu raqamlarni “asossiz rivoyat” deya rad etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp o‘zining yaqin siyosiy doirasi bilan kelajakdagi ehtimoliy vorisi masalasini muhokama qilayotgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp deportatsiya tanqidchilar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing