Tramp suiqasddan keyin birinchi marta ochiq havoda chiqish qildi

Olam

image

AQSHning sobiq prezidenti va respublikachi nomzod Donald Tramp Shimoliy Karolina shtatining Asheboro shahrida suiqasddan keyin birinchi ochiq saylovoldi mitingini o‘tkazdi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Qayd etilishicha, Tramp nutq so‘zlagan podium atrofiga o‘q o‘tkazmaydigan oyna o‘rnatilgan. Sobiq prezident nutqi o‘rtasida miting ishtirokchilaridan biri jazirama tufayli kasal bo‘lib qolgan, shundan so‘ng sahnadan Donald Tramp ayolga tibbiy yordam so‘rab, himoya oynasi ortidan chiqib, uni quchoqlagan va uning bu harakati olomonning olqishlariga sabab bo‘lgan.

Shuningdek, Shimoliy Karolinadagi chiqishi chog‘ida Tramp o‘zining demokrat raqibi, AQSH vitse-prezidenti Kamola Harrisni yana tanqid qildi va uni AQSH prezidentligiga nomzod bo‘lgan “eng radikal chap qanot arbobi” deb atadi.

 “Agar o‘rtoq Kamola noyabr oyida g‘alaba qozonsa, uchinchi jahon urushi amalda muqarrar”,  deydi Donald Tramp.

Ma’lumot uchun,  AQSHning sobiq prezidenti joriy yilning 13 iyul kuni Pensilvaniya shtatining Butler shahrida saylovoldi tashviqoti mitingida yaralandi. Trampga qarata 20 yoshli yigitning o‘q uzgani aytildi. O‘q Trampning qulog‘ining tepasiga tekkan. Otishma oqibatida 50 yoshli miting ishtirokchisi halok bo‘ldi, yana ikki kishi yaralandi. Hujumchi xavfsizlik kuchlari tomonidan otib o‘ldirilgan. Ko‘plab dunyo yetakchilari, jumladan, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev suiqasdni qoralab, hamdardlik bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Oq uyning sobiq rahbari Barak Obama AQSH o‘z tarixida Kamola Harris prezident bo‘ladigan yangi sahifaga tayyorligini bildirib, Tramp hokimiyatni o‘z maqsadlariga erishish vositasi sifatida ko‘rishini ta’kidlagandi.

Zebo Turobjonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing