Tramp “Shukronalik kuni”ni Oq uyda nishonlaydi

Olam

image

AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Tramp mamlakatda 26 noyabr kuni nishonlanadigan “Shukronalik kuni”da Floridadagi Mar-a-Lago ko‘chmas mulkiga borishni rejalashtirgandi. Lekin u bu fikridan qaytgan

Manbaga ko‘ra, Tramp va uning rafiqasi Melaniya Floridaga safarini bekor qilib, “Shukronalik kuni”ni poytaxtda o‘tkazishga qaror qilishgan. 

Rejaning o‘zgarishi Oq uy xodimlari uchun kutilmagan voqea bo‘lgan. Chunki davlat rahbari 3 noyabr kuni o‘tkazilgan saylovlar oldidan Mar-a-Lagoda golf o‘ynashni va ta’mirlash ishlari olib borilgan Mar-a-Lagoda dam olishni xohlayotganini ma’lum qilgandi.

Boshqa bir manba esa sayohatni bekor qilishni Trampning "bunker tafakkuri" namoyishi deb atagan. Ushbu turdagi xatti-harakatlar tanqidga toqat qilmaslik va o‘zini himoya qilish intuitiv istagi bilan tavsiflanadi. 

Ma’lumot uchun, “Shukronalik kuni” AQSHda noyabr oyining to‘rtinchi payshanba kuni nishonlanadi. Kelasi haftaning juma kunidan esa Rojdestvo oldidan an’anaviy ravishda savdo mavsumi boshlanadi. 

AQSHda prezidentlik saylovi 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Mavjud dalillarga asoslanib, Amerikaning yetakchi OAVlari Demokratlar partiyasidan nomzod Jo Bayden g‘alaba qozonganini e’lon qildi. Ko‘plab davlat yetakchilari uni g‘alaba bilan tabriklamoqda. Shu bilan birga, Tramp saylovlar hali tugamaganligi, sudda o‘z g‘alabasini himoya qilmoqchi ekanligini aytmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp Shukronalik kuni

Baholaganlar

132

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing