Tramp saylovchilar qo‘llovi bo‘yicha Harrisni ortda qoldirdi
Olam
−
30 avgust
4298AQSHning sobiq rahbari, Respublikachilar partiyasidan mamlakat prezidentligiga nomzod Donald Tramp Demokratlar partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Kamola Harrisdan saylovchilar o‘rtasidagi qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 2 foizga o‘zib ketdi. Bu haqda “Rasmussen Reports” tadqiqot tashkiloti xabar berdi.
Mutaxassislarning fikricha, so‘rov ishtirokchilarining 48 foizi prezidentlik saylovlarida Trampni qo‘llab-quvvatlashga tayyor, Harris esa respondentlarning 46 foizi tomonidan ma’qullangan. Ishtirokchilarning 3 foizi boshqa nomzodga ovoz berishini aytgan, yana 3 foizi javob berishda bir qarorga kelmagan. 15, 18 va 21 avgust kunlari o‘tkazilgan shunga o‘xshash so‘rovda Tramp Harrisdan 3 foizga oldinda edi. Unga ko‘ra, Tramp 49 foiz va Harris 46 foizi respondentlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.
Qayd etilishicha, oxirgi so‘rovnoma 25-28 avgust kunlari o‘tkazilgan. Unda 1,9 mingga yaqin amerikalik saylovchilar ishtirok etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Harris Tramp bilan 4 sentyabr kuni “Fox News” telekanali mezbonlik qilishi kerak bo‘lgan saylovoldi debatida qatnashishdan bosh tortgan edi.