Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi kelishuvni e’lon qilishga shoshildi – FT

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiya va Ukraina bir-birining energetika infratuzilmasi ob’ektlariga zarba berishni to‘xtatishga rozi bo‘lgani haqida e’lon qilishga shoshildi. Bu haqda manbalarga tayanib, “Financial Times” xabar berdi.

Ukraina, Rossiya va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarda ishtirok etayotgan rasmiy shaxslar energetika sulhi masalasi anchadan beri muhokama qilinayotganini tasdiqlagan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina bir necha oy davomida Rossiyadan energetika ob’ektlari va boshqa muhim infratuzilmaga zarba berishda o‘zaro tanaffusga erishishga harakat qilgan, ammo Moskva bu takliflarni rad etib, hujumlarni yanada kuchaytirgan.

FT manbalarining Kreml pozitsiyasidan xabardor manbalariga tayanib xabar berishicha, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin qish oldidan Ukraina bilan energetika bo‘yicha kelishuv tuzishni xohlamaydi: u sovuq faslda energetika ob’ektlariga beriladigan zarbalar Kiyevni yon berishga majbur qilishi mumkin deb hisoblaydi.

Ukrainaning ikki nafar yuqori martabali mulozimi Donald Tramp energetika sulhi haqidagi xabari orqali yoqilg‘i qimmatlashishidan charchagan amerikaliklarga narxlarni tushirish ustida ishlayotganini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan, deb hisoblaydi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 sentyabr kuni Donald Tramp Ukrainani Rossiya neftni qayta ishlash zavodlariga zarba berishni to‘xtatishga oshkora chaqirdi, chunki bu butun dunyoda dizel yoqilg‘isi narxining oshishiga olib kelmoqda.

Kecha, 14 sentyabr kuni Tramp Ukraina Rossiyaning energetika infratuzilmasi ob’ektlariga zarba bermaslikka rozi bo‘lganini va Rossiya ham go‘yoki shunday qilishga rozilik berganini e’lon qildi. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bunday kelishuvga tayyorligini tasdiqladi, ammo “Rossiya biror-bir kelishuvga amal qilishni xohlashiga” shubha bildirdi. Moskva Trampning kelishuv haqidagi bayonotiga hozircha izoh bergani yo‘q.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing