Putin Istanbulga borsa, Tramp ham keladi

Olam

image
Putin Zelenskiy bilan uchrashishga jur’at eta olmaydi – Kallas north_east

Putin Zelenskiy bilan uchrashishga jur’at eta olmaydi – Kallas

AQSH Davlat kotibi Marko Rubio va boshqa amerikalik rasmiylar Ukraina bo‘yicha rejalangan muzokaralar uchun Istanbulga boradi. Bu haqda AQSH Prezidenti Donald Tramp kecha, 13 may kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan ikki tomonlama investitsiya forumida ma’lum qildi.

“Bizning odamlar u yerda bo‘ladi. Marko [Rubio] u yerda bo‘ladi. Boshqalar ham u yerda bo‘ladi. Keling, buni uddalay olamizmi, ko‘raylik”, dedi AQSH ma’muriyati rahbari.

Tramp Turkiyada kutilayotgan uchrashuvlar yaxshi natija berishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

“Muzokaralar Turkiyada shu hafta oxirida, ehtimol, payshanba kuni bo‘lib o‘tishi juda muhim. Va ular juda yaxshi natijalar berishi mumkin”, dedi Amerika yetakchisi tafsilotlarga kirmasdan.

Oq uy matbuot kotibining jurnalistlar bilan suhbatida aniqlik kiritishicha, Rubio, shuningdek, AQSH Prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff va AQSHning Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellogg Istanbulga safar qilmoqda.

Kitt Kelloggning “Fox Business” nashriga bergan intervyusida  ma’lum qilishicha, AQSH Prezidenti Donald Tramp, agar Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Turkiyaga kelsa, 15 may kuni Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi aloqalar rejalashtirilgan Istanbulga borishi mumkin.

“Umid qilamizki, Prezident Putin u yerda bo‘ladi, keyin esa Prezident Tramp ham keladi. Bu ajoyib uchrashuv bo‘ladi”, dedi Kellogg.

AQSH ma’muriyatining yana bir rasmiysi ham CNN telekanaliga Trampning Istanbulga safari, agar Putin Ukraina bo‘yicha muzokaralarda ishtirok etishga qaror qilsa, amalga oshishi mumkinligini aytgan.

Istanbulda Rossiya va Ukraina muzokaralari

Putinning o‘zi 15 may kuni Ukraina tomonidan Yevropa Ittifoqi va AQSH ko‘magida taklif qilingan 30 kunlik sulhga muqobil ravishda Istanbulda to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarni qayta boshlash g‘oyasi bilan chiqdi. Bunga javoban Zelenskiy Turkiyaga kelishini, faqat Rossiya rahbari bilan shaxsan uchrashishini aytdi.

Kreml hozircha muzokaralarda Rossiyadan kim vakillik qilishini va Putin ishtirok etishi mumkinligini e’lon qilgani yo‘q.

Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Ukraina bilan muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rishda davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Marko Rubio Istanbul sammiti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing