Putin Zelenskiy bilan uchrashishga jur’at eta olmaydi – Kallas
Olam
−
13 may 7959 2 daqiqa
Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Kaya Kallas Rossiya Turkiyada Ukraina bilan tinchlik muzokaralaridan manfaatdor ekaniga ishonmayapti. Bu haqda Kallas bugun, 13 may kuni Daniya poytaxtida bo‘lib o‘tgan Kopengagen Demokratiya sammiti chog‘ida ma’lum qildi.
“Ular Ukrainani bombardimon qilishda davom etmoqda. Agar ular tinchlikdan manfaatdor bo‘lsa, buni darhol to‘xtatishi mumkin edi”, dedi Kallas.
U Ukraina “shartsiz o‘t ochishni to‘xtatish”ga rozi bo‘lganiga ikki oydan ko‘proq vaqt o‘tganini esladi.
“Rossiya yaqqol o‘yin o‘ynamoqda, vaqt o‘z tomonida bo‘lishiga umid qilib, vaqtdan foydalanishga harakat qilmoqda. Ulardan hech qanday ijobiy harakatlar yoki yaxshi belgilarni ko‘rmayapmiz”, dedi Yevropa diplomatiyasi rahbari.
Ukraina va Rossiya Prezidentlari Vladimir Zelenskiy va Vladimir Putinning ehtimoliy uchrashuvi haqida gapirar ekan, Kallas, agar ular haqiqatda muzokara stoliga o‘tirishsa, bu “yaxshi qadam” bo‘lishini ta’kidladi.
“Lekin menimcha, u, Putin, jur’at eta olmaydi”, deya qo‘shimcha qildi Kallas.
Istanbulda Rossiya va Ukraina muzokaralari
Putinning o‘zi 15 may kuni Ukraina tomonidan Yevropa Ittifoqi va AQSH ko‘magida taklif qilingan 30 kunlik sulhga muqobil ravishda Istanbulda to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarni qayta boshlash g‘oyasi bilan chiqdi. Bunga javoban Zelenskiy Turkiyaga kelishini, faqat Rossiya rahbari bilan shaxsan uchrashishini aytdi.
Kreml hozircha muzokaralarda Rossiyadan kim vakillik qilishini va Putin ishtirok etishi mumkinligini e’lon qilgani yo‘q.
Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Ukraina bilan muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rishda davom etmoqda.
Live
Barchasi