Tramp “Rossiya ishi” bo‘yicha sudlangan xodimni avf etdi
Olam
−
23 dekabr 2020
2833AQSH Prezidenti Donald Tramp Maxsus prokuror Robert Myullerning 2016 yilgi AQSH saylovlariga “Rossiya aralashuvi” bo‘yicha tekshiruvi doirasida yolg‘on guvohlikda ayblangan sobiq saylov kampaniyasi xodimi Jorj Papadopulosni afv etdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.
“Kechirish Myuller jamoasining ko‘plab odamlarga nisbatan qilgan xatolarini tuzatishga yordam beradi”, deb yozadi Oq uy matbuot xizmati.
Shuningdek, Tramp tergovchilarga 2016 yilgi saylovoldi tashviqoti paytida mansabdor shaxs bilan aloqalar to‘g‘risida yolg‘on gapirganlikda ayblanib, sudlangan Aleks van der Zvani ham avf etgan.
Bundan tashqari, Prezident respublikachilarning ikki sobiq amaldorini – saylov kampaniyasidan suiiste’mol qilishda aybini tan olgan Dunkan Xanter va Qimmatli qog‘ozlar bilan firibgarlikni uyushtirishda ayblanib sudlangan Kris Kollinzni ham afv etgan.
Umumiy olganda, Tramp 15 kishini afv etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan va yana besh mahkumning jazosini to‘liq yoki qisman yengillashtirgan.
2016 yilgi prezidentlik saylovlaridan so‘ng Vashington Moskvani saylov jarayoniga aralashishda, xususan Demokratik partiya serverlariga qilingan kiber hujumlarda aybladi. Ba’zi amerikalik siyosatchilar ham Trampni Rossiya bilan til biriktirganlikda gumon qildi. Shu munosabat bilan, maxsus prokuror Robert Myuller tomonidan tergov o‘tkazildi, uning natijalari 2019 yil aprel oyida e’lon qilingan. Maxsus prokuratura guruhi hech qanday kelishuvni oshkor qilmagan, ammo taxmin qilingan “Rossiya aralashuvi”ni tasdiqlagan.
LiveBarchasi