Tramp Putinning taklifini rad etdi
Olam
−
18 iyun 21943 1 daqiqa
Bugun, 18 iyun kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Eron va Isroil o‘rtasidagi mojaroni hal qilishda vositachi bo‘lish taklifiga rad javobini berdi. Bu haqda u jurnalistlar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
“Aslida u vositachilik qilishga yordam berishni taklif qildi. Menga yaxshilik qiling va vositachi bo‘ling. Keling, avvalo Rossiya bilan shug‘ullanamiz, xo‘pmi? Buni keyinroq qila olasiz dedim”, deydi Tramp jurnalistlarga.
Shu bilan birga, Amerika rahbari Putin bilan “kecha” gaplashganini aytdi. Ammo Putin va Tramp o‘rtasidagi so‘nggi ma’lum bo‘lgan suhbat 14 iyun kuni bo‘lib o‘tgan. Ular “Yaqin Sharqdagi vaziyatning xavfli keskinlashuvi”ni muhokama qilgandi. Unga ko‘ra, Tramp vaziyatni “juda xavotirli” deb atagan, Putin esa Rossiya ikki davlat o‘rtasida vositachi sifatida harakat qilishga tayyorligini ma’lum qilgandi. Rossiya va AQSH rahbarlarining telefon suhbati 50 daqiqa davom etgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Reuters” Tramp Putinni ko‘ndirish uchun Lukashenkodan foydalanmoqchiligini yozgandi. Nashrga ko‘ra, Tramp ma’muriyatining yuqori martabali rasmiylaridan biri yaqin kunlarda Belarusga borishni va Aleksandr Lukashenko bilan uchrashishni rejalashtirmoqda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr