Putin Harrisni qo‘llab-quvvatladi. Tramp bundan xafa

Olam

image

Oq uyning sobiq rahbari, AQSH prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Donald Tramp Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning ushbu saylovda Demokratik partiya nomzodi Kamola Harrisni favorit sifatida ko‘rishi haqidagi gaplaridan noroziligini bildirdi. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.

“U Kamolani qo‘llab-quvvatladi. Men juda xafa bo‘ldim. Nima uchun prezidentlikka Harrisni loyiq deb ko‘rayotganiga hayronman. Yoki kinoya bilan aytdimi? U meni haqorat qildimi yoki menga yaxshilik qildimi? Ochig‘i bilmayman. Nima bo‘lganda ham undan ranjidim”, degan Tramp.

Putin Sharqiy iqtisodiy forumda AQSH saylovlari haqida gapirar ekan, Rossiya nomzod sifatida Prezident Jo Baydenni afzal ko‘rganini, biroq u poygadan chiqqanidan keyin uning vitse-prezidenti Kamola Harris favorit sifatida qabul qilganini ta’kidladi. Shuningdek, Rossiya Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Harris yangi sanksiyalardan o‘zini tiyishi mumkin.

AQSH Milliy xavfsizlik kengashi matbuot kotibi Jon Kirbi jurnalistlar bilan uchrashuvda Putinning bu gaplariga munosabat bildirdi.

“Putin bizning saylovlarimiz haqida gapirishni bas qilishi kerak. Rossiya Prezidenti u yoki bu tarzda hech kimga xayrixohlik qilmasligi lozim”, degan Kirbi.

Ma’lumot uchun, Bayden saylovda Demokratik partiya vakili bo‘lishi kerak edi, biroq u 21 iyul kuni poygadan chiqishini e’lon qildi va Harrisni ma’qulladi. Bayden yoki Harrisdan ko‘ra Putin bilan do‘stona munosabatlarga ega bo‘lgan Tramp Respublikachilar partiyasining prezidentlikka nomzod sifatidagi ishonchini qabul qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHdagi kelgusi saylovlarda demokratlardan prezidentlikka nomzod, mamlakatning amaldagi vitse-prezidenti Kamola Harris 4 sentyabr kuni “Fox News” telekanali mezbonlik qilishi kerak bo‘lgan saylovoldi debatida qatnashishdan bosh tortdi. Respublikachi Tramp, avvalroq, Harris bilan saylovda uch raund debat o‘tkazishni xohlashini aytgan. Trampning taklifiga ko‘ra, birinchi raund 4 sentyabr kuni “Fox News”  telekanalida, 10 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadigan ikkinchi debatga ABC telekanali mezbonlik qilishi, uchinchi raund munozara NBC telekanalida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Hozircha Harris faqat 10 sentyabr kungi bahsda qatnashishga rozi bo‘ldi. Biroq demokratlar nomzodi 10 sentyabrdan keyin qo‘shimcha debatlar o‘tkazish g‘oyasini muhokama qilishga tayyorligini ham aytib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp Putin Kamola Harris

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made