Tramp prezidentlikka saylansa, Ilon Maskka mansab bermoqchi
Olam
−
20 avgust
2865AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp joriy yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, amerikalik tadbirkor Ilon Maskni biror-bir vazirlikka rahbar qilmoqchi yoki maslahatchi lavozimiga tayinlamoqchi. Bu haqda u “Reuters”ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Soliq imtiyozlari umuman yaxshi narsa emas. Mask juda aqlli yigit. Agar u rozi bo‘lsa, men, albatta, va’damda turaman. Faqat u ham bunga ko‘nishi kerak”, degan Tramp.
Oq uy sobiq rahbarining ushbu intervyusidan so‘ng, SpaceX va Tesla asoschisi Ilon Mask o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida “Men xizmat qilishga tayyorman” deb javob bergan. Postda Maskning “Hukumat samaradorligi bo‘yicha departament” (DOGE) so‘zlari bilan bezatilgan minbar oldida turgani tasvirlangan.
Joriy yilning iyul oyida Trampga uyushtirilgan suiqasddan so‘ng Mask uni saylovoldi tashviqotida ochiq qo‘llab-quvvatladi. Shuningdek, milliarder Trampning saylovoldi kampaniyasiga xayriya qildi. Mask shu paytgacha AQSH prezidentligiga nomzodlarning birortasini ochiq qo‘llab-quvvatlamagandi.
AQSHda joriy yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan saylovda Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp yaqinda Ilon Mask bilan katta intervyu o‘tkazgan. Ilon Maskka ko‘ra, X platformasiga joylashtirilgan intervyu milliard martadan ko‘proq ko‘rilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp o‘zining Truth Social tarmog‘idagi sahifasida AQSHdagi kelgusi saylovlarda demokratlardan prezidentlikka nomzod, mamlakatning amaldagi vitse-prezidenti Kamola Harris 4 sentyabr kuni “Fox News” telekanali mezbonlik qilishi kerak bo‘lgan saylovoldi debatida qatnashishdan bosh tortganini xabar qilgandi.
LiveBarchasi