Tramp Prezident bo‘lgach, do‘stlaridan ajralganidan nolidi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp yuqori davlat lavozimiga saylangandan keyin barcha eski do‘stlaridan ajralib qolganidan nolidi. Bu haqda u Viskonsindagi saylovoldi mitingida aytib o‘tdi.

“Men barcha do‘stlarimni lavozimim sababli yo‘qotdim. Meni do‘stlarim bor edi, “Ey, Don, kel kechki ovqatga boramiz”, deyishardi. “Okey, albatta, Richard, men boraman”, deb xotiralari bilan o‘rtoqlashdi Tramp.

U o‘sha kezlarda do‘stlari bilan uzoq suhbatlashishini qo‘msadi.

“Sizlar nima haqda gaplashganimizni bilishingiz shart emas, bu sizning ishingiz emas. Ammo biz dam olardik”, dedi Tramp saylovchilarga qarab. U Prezident bo‘lganidan keyin shu imkoniyatdan mahrum bo‘lganini aytib o‘tdi.

Uning do‘stlari hozir ham unga qo‘ng‘iroq qilib turishini va endi ular qadrdonini “Janob Prezident” deb chaqirishini ham qo‘shib o‘tgan.

“Endi ular menga qo‘ng‘iroq qilib shunday deyishadi: “Janob Prezident siz biror joyda yig‘ilishimizga qarshi emasmisiz?” Men ularga shunday deyman: “Biz 30 yillik do‘stlarmiz, meni Donald deyaver”, deb do‘stlari bilan hozirgi munosabatini so‘zlab bergan.

Ma’lumot uchun, AQSHda navbatdagi prezidentlik saylovi 3 noyabr kuni o‘tkaziladi. Unda Amerika Prezidenti va vitse-prezidenti, Kongressning Vakillar palatasining 435 a’zosi, Senatning uchdan bir vakili, 13 ta shtat gubernatori saylanadi. Respublikachi Trampga demokrat Jozef Bayden raqiblik qiladi. Vitse-prezdiyentlik uchun Maykl Pens va Kamola Xarris bellashadi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp

Baholaganlar

228

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing