Tramp pandemiyaga qarshi kurashish uchun hech narsa qilmagan - Bayden

Olam

image
Koronavirusning AQSHdagi ayanchli oqibatlaridan so‘ng ham, Donald Trampning prezidentlikka qayta saylanishi noto‘g‘ri bo‘ladi. Bu haqda uning saylovlardagi raqibi - Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Jozef Bayden gapirgan.
 
Kecha, 22 oktyabr kuni Tramp va Bayden o‘rtasida navbatdagi debat o‘tkazilgan. Munozaralar davomida Bayden AQSHda koronavirus qurbonlari soni juda ko‘p bo‘layotgani haqida ham gapirgan. 
 
"Siz meni boshqa gaplarimni eshitmasangiz ham, shunisini eshiting. Shuncha kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan har qanday kishi ham AQSH Prezidenti bo‘lib qololmaydi", degan Bayden debatda. 
 
Baydenning ta’kidlashicha, Tramp pandemiyaga qarshi kurashish uchun hech narsa qilmagan.
 
Avvalroq, Tramp koronavirusga qarshi Amerika vaksinasi tez orada tayyor bo‘lishini ma’lum qilgani haqida xabar bergandik.
 
Ma’lumot uchun, koronavirus bo‘yicha AQSH dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Mamlakatning 8 milliondan ortiq aholisi koronavirus bilan kasallangan. 223 mingdan ortiq odam vafot etgan. 3 milliondan ortiq amerikalik sog‘ayib ketgan.

Maqola muallifi

Teglar

Tramp Bayden

Baholaganlar

97

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing