Tramp Oydagi ob’ektga o‘z nomini bermoqchi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp Oy yuzasidagi biror ob’ekt uning sharafiga nomlanishini xohlashini aytdi. Bu haqda u bugun, 29 avgust kuni AQSHning Texas shtati, Xyuston shahridagi Jonson kosmik markaziga tashrifi vaqtida NASA astronavti Rid Uayzman bilan suhbatda ma’lum qildi.

“Shunga o‘xshash narsani mening nomim bilan ham atashlarini istardim, Rid. Bu menga yoqdi”, degan Tramp.

U yaqinda Oy kraterlaridan biri Uayzmanning marhum rafiqasi sharafiga nomlanganini eslatib, o‘zi uchun ham shunday nom berilishini istashini aytgan. Tramp bu masalada Texas gubernatorining roziligi kerak bo‘lishi mumkinligini hazil bilan qo‘shimcha qilgan.

“Lekin bilmadim. Buning uchun Texas gubernatorining roziligini olishim kerak bo‘ladi”, deya qo‘shimcha qilgan u.

Shuningdek, AQSH Prezidenti o‘zi hech qachon koinotga uchishga rozi bo‘lmasligini ham ma’lum qilgan.

Bundan tashqari, Tramp Xyustondagi Missiyani boshqarish markaziga tashrifi davomida Xalqaro kosmik stansiyada bo‘lib turgan astronavtlar bilan ham bog‘langan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Kanada bilan davom etayotgan savdo urushi fonida Ontario ko‘lining nomini “Amerika ko‘li” (Lake America) deb o‘zgartirish to‘g‘risida farmon imzolagan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing