Tramp Oq uyga kirishidan oldin G‘azoda kelishuvga erishmoqchi

Olam

image

AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp 20 yanvarda o‘z lavozimiga kirishgunga qadar G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olish bo‘yicha kelishuvga erishmoqchi. Bu haqda senator Lindsi Grem “Axios”ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Tramp 20 yanvar kuni lavozimga kirishidan oldin G‘azo sektorida sulh va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuvga erishmoqchi”, degan u.

Tramp bilan tez-tez gaplashib turadigan va unga tashqi siyosat, xususan, Yaqin Sharq bo‘yicha maslahatlar beradigan Grem saylangan prezident garovga olinganlarni ozod qilish va urushni imkon qadar tezroq tugatish bo‘yicha kelishuvga erishilishini istashini ma’lum qildi. Senatorga ko‘ra, G‘azoda HAMAS tomonidan 101 nafar garovga olingan odam bor va ularning yetti nafari Amerika fuqarosi.

“Tramp garovga olinganlarni ozod qilishda har qachongidan ham qat’iyroq. U garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuvni o‘z ichiga olgan sulhni qo‘llab-quvvatlamoqda. U buni hozir amalga oshirmoqchi”, degan Grem.

Qayd etilishicha, G‘azo sektoridagi mojaroni hal qilish bo‘yicha kelishuv AQSH Prezidenti Jo Baydenning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi, ammo so‘nggi haftalarda hech qanday aniq taraqqiyotning yo‘qligi bu vazifa Trampniki bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi.

Gremning ta’kidlashicha, Tramp Isroil va Saudiya Arabistoni orasida aloqalarni normallashtirishdan oldin G‘azo bo‘yicha kelishuvga muhtoj.

“Men Isroil va mintaqadagi odamlar Tramp asosiy e’tiborini garovga olinganlar masalasiga qaratganini bilishlarini istayman. U qotilliklar va janglar to‘xtashini istaydi”, degan senator.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Saudiya-Isroil bitimi Falastin komponentini o‘z ichiga olishi kerak.

“HAMASga qarshi eng yaxshi sug‘urta polisi Isroilning G‘azoni qayta bosib olishi emas, balki Falastin jamiyatidagi islohotdir. Buni faqat arab davlatlari qila oladi”, degan Grem.

Oq uy rasmiylarining ta’kidlashicha, Bayden ham garovdagilarni ozod qilish bo‘yicha kelishuvga erishishni o‘zining so‘nggi kuniga qadar niyati etib belgilab olgan.

Gremning aytishicha, mintaqada diplomatiya Trampning g‘alabasi tufayli osonlashadi, chunki odamlar undan qo‘rqishadi.

“Agar siz yomon odam bo‘lsangiz va Trampdan qo‘rqmasangiz, demak siz ham soqovsiz. Yomon va soqov yigitlar uzoq yashamaydi”, degan so‘zi oxirida u.

Eslatib o‘tamiz, 26 noyabr kuni Bayden va uning fransiyalik mavqedoshi Emmanuel Makron Isroil va Livan orasiga tushib, ular orasidagi o‘t ochishni to‘xtatishga bo‘yicha kelishuvga erishishga muvaffaq bo‘lgandi.  Isroilning Livanga qarshi tajovuzini to‘xtatgan 13 banddan iborat sulh imzolangan bo‘lib, unda tomonlar quyidagicha majburiyatlar oldi. Sulhga ko‘ra, Livan hukumati “Hizbulloh” yoki Livan hududidagi boshqa qurolli guruhning Isroilga qarshi biron bir operatsiya o‘tkazishiga ruxsat bermaydi. O‘z o‘rnida, Isroil ham Livandagi fuqarolik, harbiy yoki hukumat inshootlariga quruqlik, dengiz yoki havo orqali hech qanday harbiy hujum uyushtirmaydi. Shartnoma shartlariga ko‘ra, Isroil kuchlarining bo‘linmalari kelasi 60 kun ichida Livan hududini tark etadi. “Hizbulloh” esa o‘z qo‘shinlarini Isroil chegarasidan 30 kilometr uzoqlikdagi Litani daryosigacha olib chiqishi lozim. Bundan tashqari, Qo‘shma Shtatlar va Fransiya mintaqada barqarorlik va farovonlikni ta’minlash uchun Livanning iqtisodiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlarga rahbarlik qilishga intilishi belgilandi. Shunday qilib, 27 noyabrda ikki o‘rtada o‘t ochish to‘xtadi va bu Isroilning Livan hududiga 14 oy davom etgan bosqini yakunlaganini bildiradi. Agar sulh shartlari hech qanday muammolarsiz, kelishganidek ado etilsa.

Muhammad Hodiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Donal'd Tramp G'azo Lindsi Grem

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing