Tramp Oq uyda iftorlik uyushtirdi
Olam
−
28 mart 2025 8553 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp Amerika musulmon jamiyati a’zolari va bir qancha musulmon davlatlari diplomatlari uchun iftorlik uyushtirdi.
Oq uyda uyushtirilgan iftorlik Trampning ikkinchi prezidentlik muddatidagi birinchisi bo‘ldi. Davlat rahbari tadbirdagi nutqini “Ramazon oyi muborak” degan tilak bilan boshladi.
Amerika yetakchisi 2024 yil noyabrida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida Qo‘shma Shtatlardagi musulmonlar unga ko‘rsatgan qo‘llab-quvvatlashdan g‘oyat mamnun ekanini ta’kidladi.
“2024 yilgi prezidentlik saylovlarida rekord darajada qo‘llab-quvvatlagan yuz minglab musulmon amerikaliklarga alohida minnatdorlik bildirmoqchiman. Bu aql bovar qilmaydigan bo‘ldi”, deydi AQSH Prezidenti.

Tramp Oq uy ma’muriyati musulmon jamiyatiga bergan va’dalarini bajarayotganiga ishontirdi.
“Biz tarixiy Ibrohim kelishuvlariga asoslanib, Yaqin Sharqda uzoq muddatli tinchlik o‘rnatish uchun uzluksiz diplomatik ish olib bormoqdamiz”, dedi Prezident.
Davlat rahbari Michigan shtatida istiqomat qilayotgan musulmonlarga alohida minnatdorlik bildirdi.
“Men Prezident bo‘lib qolsam, siz bilan bo‘laman. Men sizni qo‘llab-quvvatlayman. Buni bilishingizni istayman”, deya ta’kidladi Prezident.
AQSH yetakchisi yanada yorqin va umidli kelajakka erishish uchun musulmonlar bilan hamkorlik qilishni intiqlik bilan kutayotganini qo‘shimcha qildi. U, shuningdek, iftorlikda Saudiya Arabistoni, Misr, BAA, Qatar, Livan, Pokiston va boshqa davlatlardan vakillar ham ishtirok etayotganini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, 25 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Ko‘ksaroy” qarorgohida iftorlik tadbirini o‘tkazgandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025