Tramp oilasi og‘ir judolikka uchradi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Trampning ukasi Robert 72 yoshida vafot etdi. Bu haqda AQSH rahbari o‘zining Twitter sahifasida ma’lum qildi.

“Chuqur qayg‘u bilan shuni ma’lum qilamanki, bugun mening ajoyib ukam Robert olamdan o‘tdi. U shunchaki ukam emasdi, u eng yaxshi do‘stim ham edi. Biz uni judayam sog‘inamiz, ammo yana uchrashamiz”, degan Tramp.

Robert Tramp Nyu-Yorkda og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgandi. Prezident juma kuni uni ko‘rgani borgan. Robert Tramp OAVda ilk bor iyunda, jiyani Meri Trampni Donald Tramp haqida kitobini chop etishdan qaytarishga uringanda ko‘rina boshlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp

Baholaganlar

1709

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing