Tramp Obama Nobel mukofotiga noloyiq ekanini aytdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Donald Tramp mamlakatning sobiq Prezidenti Barak Obamani Nobel mukofotiga loyiq emas deb hisoblaydi

“Bizning buyuk Prezidentimiz yodingizdami? Barak Xuseyn Obama mukofotni lavozimiga kirishgandan keyin darhol olgandi. Undan nima sababdan mukofotlanganini so‘rashganda u sababini tushuntirib berolmagandi. Keyin Jo Bayden “Mengachi?”, deb so‘raganda, uning mukofotga noloyiqligini aytishgandi. Vaholanki, Obama ham Nobelni shunchaki olgan”, dedi Tramp Nevadadagi mitingda.

Shuningdek, Tramp yaqinda Arab-Isroil va Serbiya-Kosovo mojarolarini hal qilishda ko‘rsatgan sa’y-harakatlari uchun ushbu mukofotga ikki marta nomzod bo‘lganini esladi. 

Ma’lumot uchun, AQSHni 2009-2017 yillarda AQSH Prezidenti bo‘lgan Barak Obama xalqaro diplomatiyani mustahkamlashga qaratilgan sa’y-harakatlari uchun Nobel mukofotini olgan.

Rushanabonu Sultonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Tramp Nobel' mukofoti Obama

Baholaganlar

133

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing