Tramp Nigeriyaga qo‘shin yuborish bilan tahdid qildi
Olam
−
02 noyabr 2025 5996 2 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Tramp “agar Nigeriya hukumati nasroniylarni o‘ldirishga yo‘l qo‘yishda davom etsa”, Nigeriyaga AQSH kuchlarini yuborish bilan tahdid qildi. Oq uy rahbari bu tahdidni kecha, 1 noyabr kuni Truth Social ijtimoiy tarmog‘idga joylashtirdi.
U bunday holatda “Qo‘shma Shtatlar Nigeriyaga barcha yordam va ko‘makni darhol to‘xtatadi” va “ehtimol”, “bu dahshatli vahshiyliklarni sodir etayotgan islom terrorchilarini butunlay yo‘q qilish” uchun o‘z kuchlarini mamlakatga joylashtiradi, deb ta’kidladi. Tramp mamlakat harbiylariga “mumkin bo‘lgan harakatlarga tayyorgarlik ko‘rish” bo‘yicha allaqachon ko‘rsatma berganini qo‘shimcha qildi.
“NIGERIYA HUKUMATI SHOSHILING!” deb yozgan Amerika yetakchisi.
"Nigeriyada va boshqa har qanday mamlakatda begunoh nasroniylarni o‘ldirish darhol to‘xtatilishi kerak. Urush vazirligi harakatga tayyorlanmoqda. Yoki Nigeriya hukumati nasroniylarni himoya qiladi yoki biz bu dahshatli vahshiyliklarni sodir etayotgan terrorchilarni o‘ldiramiz”, deb yozdi Pentagon rahbari Pit Hegset X ijtimoiy tarmoq platformasida.
Nigeriya Prezidenti o‘z mamlakatiga qarshi ayblovlarni rad etadi
“Nigeriyani boshqa dinlarga nisbatan murosasiz mamlakat sifatida tavsiflash bizning milliy voqeligimizni aks ettirmaydi. Diniy erkinlik va bag‘rikenglik bizning jamoaviy kimligimizning asosiy tamoyillari bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi”, deb yozgan Nigeriya Prezidenti Bola Tinubu 1 noyabr kuni X ijtimoiy media platformasida.
2025 yil mart oyida AQSH kongressmeni Kris Smit Davlat departamentidan Nigeriyani “alohida tashvishga sabab bo‘lgan mamlakat” deb belgilashga chaqirdi. Oktyabr oyi boshida respublikachi senator Ted Kruz va kongressmen Rayli Mur Nigeriya hukumatini nasroniylarning “ommaviy qirg‘inlari”ga ko‘z yumganlikda ayblagan.
Live
Barchasi